Dori shakllarini yaratish bo‘yicha tadqiqot laboratoriyasi

Dori shakllarini yaratish bo‘yicha tadqiqot laboratoriyasi

Dori shakllarini yaratish bo‘yicha tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha quyidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarning bajarilishiga rahbarlik qiladi va ularda bevosita ishtirok etadi:

Yangi dori shakllari va biosamaradorlik texnologiyalarini ishlab chiqish;

Innovatsion va maqsadli dori yetkazib berish tizimlarini yaratish;

Yordamchi moddalarni tanlash hamda texnologik jarayonlarni pilot miqyosda kengaytirishni amalga oshirish;

Farmakopeya sinovlari va barqarorlik tadqiqotlarini o‘tkazish.

Insitutning mavzular rejasida laboratoriya uchun moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishining bajarilishini tashkil etadi, tegishli ilm sohasi boʻyicha ularning rivojlanish istiqbollarini belgilaydi, tadqiqot va ishlanmalar olib borishning usul va vositalarini, laboratoriya oldiga qoʻyilgan ilmiy va texnik vazifalarini hal etish yoʻllarini tanlaydi;

Laboratoriya yoʻnalishi bilan bogʻliq yillik va istiqbolga moʻljallangan loyiha va tadqiqot rejalarini ishlab chiqadi va institut maʼmuriyatiga taqdim etadi;

Laboratoriya faoliyatiga tegishli va uning faoliyat doirasiga kiruvchi fan va texnika yoki xalq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha texnik topshiriqlar, uslubiy va qoʻllanma dasturlar, iqtisodiy – texnik asosnomalar, istiqbol rejalari va uslubiy hujattlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;

 Rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda bajaradigan idora, tashkilot va korxonalarni aniqlaydi;