Mikrobiologiya va antimikrob rezistentlik laboratoriyasi
Mikrobiologiya va antimikrob rezistentlik laboratoriya yoʻnalishi boʻyicha quyidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarning bajarilishiga rahbarlik qiladi va ularda bevosita ishtirok etadi:
-
Bakteriyalar, zamburug‘lar, achitqilar va aktinomitsetlarni aniqlash;
-
Klinik, oziq-ovqat, suv, tuproq va dori namunalaridan ajratish;
-
Qo‘zg‘atuvchilar va shartli patogenlarni, shu jumladan ularning biologik xususiyatlari va virulentligini o‘rganish;
-
Antibiotiklar va antiseptiklarga sezuvchanlikni aniqlash (Antibiogrammalar);
-
Antimikrob chidamlilik (AMR) darajasini baholash;
-
Suv, havo, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya-gigiyena nazorati;
-
Farmatsevtika ishlab chiqarish muhitining tozaligini tekshirish;
-
Dorilar, vaksinalar va probiotiklarning sterilligi va mikrob yuklamasini tekshirish;
-
Yangi antibiotiklar, probiotiklar va gen muhandisligi bo‘yicha tadqiqotlar;
-
Biologik xavfsizlik va biohimoya (BSL-1, BSL-2);
-
Bakterial ozuqa muhitlarini tayyorlash va o‘zgartirish.
Institutning mavzular rejasida laboratoriya uchun moʻljallangan ilmiy – tadqiqot ishining bajarilishini tashkil etadi, tegishli ilm sohasi boʻyicha ularning rivojlanish istiqbollarini belgilaydi, tadqiqot va ishlanmalar olib borishning usul va vositalarini, laboratoriya oldiga qoʻyilgan ilmiy va texnik vazifalarini hal etish yoʻllarini tanlaydi;
Laboratoriya yoʻnalishi bilan bogʻliq yillik va istiqbolga mo’ljallangan loyiha va tadqiqot rejalarini ishlab chiqadi va institut maʼmuriyatiga taqdim etadi;
Laboratoriya faoliyatiga tegishli va uning faoliyat doirasiga kiruvchi fan va texnika yoki halq xo’jaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha texnik topshiriqlar, uslubiy va qoʻllanma dasturlar, iqtisodiy – texnik asosnomalar, istiqbol rejalari va uslubiy xujattlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;