Kompyuter simulyatsiyasi va sun’iy intellekt laboratoriyasi

Kompyuter simulyatsiyasi va sun’iy intellekt laboratoriyasi

Kompyuter simulyatsiyasi va sun’iy intellekt  laboratoriyasi yoʻnalishi boʻyicha quyidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarning bajarilishiga rahbarlik qiladi va ularda bevosita  ishtirok etadi: 
    • Dori moddalarini in silico modellashtirish (molekulyar doking);
    • Sun'iy intellektga (SI) asoslangan dori dizayni va uni optimallashtirish;
    • Biotexnologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish;
    • Farmakokinetik va farmakodinamik modellar;
    • Katta ma'lumotlar (Big Data) va omiks texnologiyalarini tahlil qilish;
    • In silico toksikologiya va xavfsizlikni prognoz qilish;
    • Klinik va laboratoriya ma'lumotlarini integratsiya qilish;
    • Mahalliy dori vositalari va vaksinalarni optimallashtirish;
    • Ilmiy innovatsiyalar va kadrlarni tayyorlash.
Insitutning mavzular rejasida laboratoriya uchun moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishining bajarilishini tashkil etadi, tegishli ilm sohasi boʻyicha ularning rivojlanish istiqbollarini belgilaydi, tadqiqot va ishlanmalar olib borishning usul va vositalarini, laboratoriya oldiga qoʻyilgan ilmiy va texnik vazifalarini hal etish yoʻllarini tanlaydi;
Laboratoriya yoʻnalishi bilan bogʻliq yillik va istiqbolga moʻljallangan loyiha va tadqiqot rejalarini ishlab chiqadi va institut maʼmuriyatiga taqdim etadi;
Laboratoriya faoliyatiga tegishli va uning faoliyat doirasiga kiruvchi fan va texnika yoki xalq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha texnik topshiriqlar, uslubiy va qoʻllanma dasturlar, iqtisodiy – texnik asosnomalar, istiqbol rejalari va uslubiy hujattlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;
Rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda bajaradigan idora, tashkilot va korxonalarni aniqlaydi;