AKFA MEDLINE UNIVERSITY HOSPITAL VA MBFITI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI
AKFA MEDLINE UNIVERSITY HOSPITAL VA MBFITI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) hamda AKFA Medline University Hospital o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, istiqbolli startap g‘oya va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlar va kichik biznesning startap tashabbuslariga ko‘maklashishdan iborat.
Hamkorlik doirasida tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy tadbirlar, konferensiya va forumlar, o‘quv dasturlari, master-klasslar hamda tajriba almashish loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomonlar xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy malakasini oshirish hamda tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ushbu hamkorlik ilm-fan, innovatsiya va tibbiyot amaliyotini yanada yaqinlashtirish, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim bosqichdir.
MBFITI AXBOROT XIZMATI