MBFITI OLIMINING ILMIY ISHI XALQARO ILMIY NASHRDA E’LON QILINDI

Yangiliklar Avgust 19, 2026
MBFITI OLIMINING ILMIY ISHI XALQARO ILMIY NASHRDA E’LON QILINDI

MBFITI OLIMINING ILMIY ISHI XALQARO ILMIY NASHRDA E’LON QILINDI

Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi ishtiroki tobora kengaymoqda. Institut xodimi Ulug‘bek Xudayberdievich Mirzayevning ilmiy ishi xalqaro ilmiy nashrda e’lon qilindi.

Ilmiy maqola Springer Nature platformasida joylashtirilgan bo‘lib, unda muallifning ilmiy affiliatsiyalari qatorida National Biopharmaceutical Research Institute, Tashkent, Uzbekistan ham qayd etilgan.
Shuningdek, Ulug‘bek Xudayberdievich Mirzayev maqolada Research Institute of Virology, Department of Emerging Infectious Diseases, Tashkent, Uzbekistan bilan ham bog‘liq ilmiy affiliatsiya asosida ko‘rsatilgan.

Bugungi kunda biofarmatsevtika, mikrobiologiya, infeksion kasalliklar va antimikrob rezistentlik kabi muhim yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etish alohida ahamiyat kasb etadi.

Springer Nature kabi xalqaro ilmiy platformalarda O‘zbekistonlik olimlarning ilmiy ishlari hamda ular faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar nomining aks etishi mamlakatimiz ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.

MBFITI AXBOROT XIZMATI