MBFITI VA BELARUS BIOFIZIKA INSTITUTI: ILMIY HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI

Yangiliklar Avgust 21, 2026
MBFITI VA BELARUS BIOFIZIKA INSTITUTI: ILMIY HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI

MBFITI VA BELARUS BIOFIZIKA INSTITUTI: ILMIY HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI

Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Milliy fanlar akademiyasining Biofizika va hujayra muhandisligi instituti vakili, tibbiyot fanlari sohasidagi mutaxassis Andrey Evgenievich Goncharov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida hujayra terapiyasi, regenerativ tibbiyot hamda zamonaviy biotibbiy texnologiyalar yo‘nalishlaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari muhokama qilindi.

Tomonlar istiqbolli yo‘nalishlarda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida institut xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javob va ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

 Kelgusida hujayra terapiyasi va regenerativ tibbiyot sohalarida yangi ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash rejalashtirilmoqda.

MBFITI AXBOROT XIZMATI