MBFITI OLIMLARI DAVLAT ILMIY LOYIHALAR TANLOVI G‘OLIBLARI QATORIDA
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) olimlari ilmiy salohiyat va innovatsion yondashuvning yana bir muhim natijasini namoyon etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat tashabbusi asosida o‘tkazilgan ilmiy loyihalar tanlovi yakunlariga ko‘ra, Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) ning uch nafar olimi g‘olib deb topildi va davlat granti sertifikatlari bilan taqdirlandi.
Taqdirlangan olimlar:
Ibragimov Adil Axmedovich
Baxramova Nazira Nazimovna
Azizov Ismatjon Kazimovich
Mazkur natija MBFITIda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning yuksak salohiyati, dolzarb ilmiy muammolarni hal etishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar hamda mamlakat ilm-fani rivojiga qo‘shilayotgan munosib hissaning yana bir e’tirofidir.