ILMIY MAQOLA YOZISH BO‘YICHA AMALIY SEMINARGA START BERILDI

Yangiliklar Iyul 27, 2026
ILMIY MAQOLA YOZISH BO‘YICHA AMALIY SEMINARGA START BERILDI

ILMIY MAQOLA YOZISH BO‘YICHA AMALIY SEMINARGA START BERILDI

Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) tomonidan tashkil etilgan “Scopus va Web of Science jurnallarida ilmiy maqola nashr etish” mavzusidagi 3 kunlik amaliy seminar o‘z ishini boshladi.

Seminarning birinchi kunida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, magistrantlar, PhD va DSc izlanuvchilari hamda yosh olimlar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etishning zamonaviy talablari, Scopus va Web of Science bazalarining imkoniyatlari, ilmiy maqolani xalqaro standartlar asosida yozish tamoyillari hamda IMRAD formatida maqola tayyorlash bo‘yicha muhim nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Shuningdek, tadqiqot yo‘nalishiga mos xalqaro jurnalni tanlash, jurnal talablarini tahlil qilish, ilmiy maqola sifatini oshirish hamda nashr etish jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi. Seminar interaktiv ruhda o‘tib, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Amaliy seminar davomida ishtirokchilar keyingi mashg‘ulotlarda Submission jarayoni, peer-review bosqichi, reviewerlarning izohlariga professional javob tayyorlash, ilmiy etika, plagiatning oldini olish va mualliflik huquqi bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan ham amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.