MBFITI XODIMLARI “ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI”DA
MBFITI XODIMLARI “ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI”DA
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti Kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar uchun “Islom sivilizatsiyasi markazi”ga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy-madaniy merosimiz, buyuk allomalarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqidagi bilimlarini yanada boyitish hamda jamoada do‘stona va samimiy muhitni mustahkamlashdan iborat.
Tashrif davomida xodimlar islom sivilizatsiyasining boy tarixi, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shilgan ulkan hissalar, ajdodlarimizning bebaho ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday ma’rifiy tadbirlar xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, jamoaviy birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
MBFITI AXBOROT XIZMATI